s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

“O‘zbekistonning qishloq ayollariga o‘z biznesini boshlashi yoki mahalliy korxonalarda ish o‘rniga ega bo‘lish orqali daromad olishlari va oilalarini farovonligini oshirish”

“O‘zbekistonning qishloq ayollariga o‘z biznesini boshlashi yoki mahalliy korxonalarda ish o‘rniga ega bo‘lish orqali daromad olishlari va oilalarini farovonligini oshirish”

USAID (Amerika Xalqaro taraqqiyot agentligi) tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq ayollariga o‘z biznesini boshlashi yoki mahalliy korxonalarda ish o‘rniga ega bo‘lish orqali daromad olishlari va oilalarini farovonligini oshirish” loyihasini 2022 yilning mart – avgust oylarida amalga oshirdi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Adliya  vazirligining 2022 yil  10 martdagi 9/5-6/4072-sonli xat orqali tasdiqlangan va 2022 yilning 16 martidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining 13ta hududida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo  viloyatlarida  Ijtimoiy Yo‘naltirilgan NNTlar koshida ochilgan Maxalliy Rivojlanish Markazlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan xamkorlikda amalga oshirdi.
 
Loyihaning maqsadi:  Har bir hududdan 16-29 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish niyati bo‘lgan 936 nafar qishloq xotin-qizlarini tanlab olish, ularni  18 yo‘nalishdagi (gilamdo‘zlik, qo‘g‘irchoq yasash, milliy kiyim-kechak, zardo‘zlik, mehmonxona xizmatlari, buxgalteriya hisobi, qandolatchilik, pazandachilik, tikuvchilik, sartaroshlik, kompyuter savodxonligi va AKT, issiqxona va bog‘dorchilik, asalarichilik, ipakchilik, quyon va parrandachilik, gul yetishtirish) kabi  maxsus qisqa muddatli (2 oylik) o‘quv kurslarida o‘qitish,  128 soatli o‘quv modullarini tayyorlash xamda 35 soatlik (ijtimoiy safarbarlik, biznesni asoslari, huquqiy va moliyaviy savodxonlik) treninglar o‘tkazish.
Bundan tashqari loiyha doirasida YuSAID tomonidan: kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 936 nafar xotin-qizlarning taqdim etgan va g‘olib bo‘lgan biznes rejalar tanloviga asosan 223 nafar xotin-qizlarga 2,4 mlrd.so‘mlik turli (teplisa, tikuv mashinkalari, gilam to‘kish uskunalari, sartoroshlik va konditerlik  va x.q.) jixozlar taqdim etilgan.  Loyiha doirasida o‘zini-o‘zi ish bilan ta'minlaganlar va ishga joylashganlar soni 521 nafar xotin-qizlarni tashkil etdi.