s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

"O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun kattalar ta'limi va o‘qishida o‘rganuvchi xududlar va innovasiyalarni yaratish" festivali

"O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun kattalar ta'limi va o‘qishida o‘rganuvchi xududlar va innovasiyalarni yaratish" festivali

2022 yil 21 – 22 oktyabr' kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun kattalar ta'limi va o‘qishida o‘rganuvchi xududlar va innovasiyalarni yaratish" festivali joriy yilning iyun' oyida Marokashda (Marokash Qirolligi) bo‘lib o‘tgan yettinchi xalqaro konferensiya (CONFINTEAVII) qarorlarini amalga oshirishga yordam beradi. Samarqandda o‘tkazilgan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - tajriba, bilim va g‘oyalar almashish uchun maydon yaratish, mamlakatda "o‘rganuvchi / ta'lim oluvchi jamiyat"ni shakllantirish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan turli strategiya va yondashuvlarni taqqoslash, bu avvalo "o‘rganuvchi hududlari" - viloyatlar, shaharlar, qishloqlar, mahallalar, tashkilotlarda ushbu innovasion mexanizmni yaratishdir.  Dunyoning 294 mamlakatidan 76 shaharni o‘z ichiga olgan YuNESKOning O‘rganuvchi shaharlar Global tarmog‘iga a'zo bo‘lish uchun Samarqand shahri ham ariza berdi va bu yo‘nalishda dunyoning boshqa a'zo shaharlari bilan tajriba almashishga tayyor.
Aynan shuning uchun festival' Samarqandda bo‘lib, joriy yilning 21 oktyabr' kuni “Ipak Yuli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti binosida: konferensiya, milliy hunarmandchilik va fotokurgazmalar tashkil etildi va 22 oktyabr' kuni ishsiz aholiga hizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Ishga marhamat” Monomarkazda (Kimyogarlar qo‘rg‘oni) da maxorat darslari, erkin muhokamalar, trenerlar uchun trening bo‘lib o‘tdi.
Festivalda O‘zbekistondan, Germaniyadan, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalaridan 160 nafar ishtirokchi, davlat boshqaruvi organlari, universitetlar, nodavlat ta'lim tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, biznes va boshqa manfaatdor tomonlar qatnashdilar.
Festival' tashkilotchilari: "SABR" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi va O‘zbekistonda 2002 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan DVVning O‘zbekistondagi filiali (DVV International).