s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

“Inklyuziv ufqlar: Hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik-II faza”

“Inklyuziv ufqlar: Hamma uchun ta’lim va tadbirkorlik-II faza”

«SABR» RIIRM tomonidan amalga oshirilayotgan, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi hukumati tashqi ishlar, Hamdo’stlik ishlari va rivojlanish vazirligi  vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan «Inklyuziv ufqlar: hamma uchun ta'lim va tadbirkorlik» loyihasi

Amalga oshirish muddati:
2025 yil oktyabr-2026 yil mart (6 oy)
 

Maqsadli hududlar:
Andijon viloyati (shahar va tumanlar)
Xorazm viloyati Urganch shahri, Bog‘ot tumani

 

Loyihaning umumiy maqsadi:
Nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan xotin-qizlar va yoshlarni kasbiy mahorat, tadbirkorlik bilim va ko‘nikmalarni oshirish,  moliyaviy manbalardan foydalanish orqali ularning farovonligini oshirish. 

Loyihaning asosiy  vazifalari:

  • Ko‘nikmalarni rivojlantirish: Nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan xotin-qizlar va yoshlarni bozor talablariga muvofiq kasbiy va ijtimoiy ko‘nikmalarga o‘rgatish, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish yoki rasmiy ishga joylashish imkoniyatini berish. 
  •   Moliyaviy mustaqillik: Maqsadli guruh vakillarini kichik biznes va daromad keltiradigan faoliyatni ochish yoki kengaytirish uchun grantlar va mikrokreditlar berish. 
  •   Ijtimoiy imkoniyatlarni kengaytirish: benefitsiarlarga kamsitish va istisnolarni yengishga yordam berish uchun o‘ziga ishonchni shakllantirish, biznes ko‘nikmalarini va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish. 
  •   Farovonlikni oshirish: iqtisodiy barqarorlikni kuchaytirish, sog‘liqni va ta’lim sifatini yaxshilash, umumiy hayot darajasini oshirish.
Kutiladigan natijalar
  • 336 nafar imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar va yoshlar 128-soatlik kasbiy kurslarda ta’lim olib sertifikatlarga ega bo‘lishadi.
  • Hamjamiyatni safarbar etish, tadbirkorlik asoslari, marketing, huquqiy va moliyaviy savodxonlik, kreditlarni boshqarish bo‘yicha 28-soatlik treninglar o‘tkazish.
  • Huquqshunos va psixolog tomonidan yuzma-yuz  va ishonch telefon orqali 250ta maslahatlar taqdim etish.
  • Biznes-konsultantlar tomonidan yuzma-yuz, onlayn va telegram-kanallar orqali maslahatlar taqdim etish.