s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

Ижтимоий буюртма

Ижтимоий буюртма

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi NNT va boshqa Fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat Fondi tomonidan ajratirilgan mablag'lari hisobidan Ijtimoiy buyurtma «SABR» Respublika IIRM va O’zR Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi («Orol oltin merosi»), Andijon (“Sabr” RIIRM filiali), Buxoro (“Tadbirkor ayol” viloyat bo’linmasi) va Samarqand viloyatlaridagi  hamkorlari bilan amalga oshirildi.

Loyiha maqsadlari:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi  kam ta’minlangan aholini ijtimoiy faolligini oshirish va ular o‘rtasidagi ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan  davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni  yanada yaxshilash.

2. Yuqorida qayd etilgan xududlardan  480 nafari Qoraqolpog‘iston Respublikasida,   Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlarida 1720 nafari (jami 2200)  ishsiz bo‘lgan aholiga  kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lganligini tasdiqlovchi sertifikatlar berish; ular ichidan kamida  1000  nafariga  subsidiya, grantlar, imtiyozli mikroqarzlar  ajratib yangi ish o‘rinlarini tashkil etish.

3. O‘z biznesini boshlagan MRM va QARMlar bitiruvchilariga doimiy yordam berish maqsadida Faol Insonlar Klublari orqali biznesini rivojlantirish uchun maslaxatlar va mentoringni amalga oshirish. Hududlardagi kam ta’minlangan oilalar bandligini, turmush tarzi va ularni ijtimoiy  muammolarini yechishga yordam beruvchi, ijtimoiy loyihalarni yuqori  darajada amalga oshirishda NNTlar va Davlat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish.

4. Har bir xududda mahalla faollari,  tuman xokimiyatlarining, xotin-qizlar qo‘mitalari, yoshlar agentligi,  Kambag‘allikni kisqartirish va bandlik vazirligining xududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, OAV vakillaridan iborat JAMOAT MONITORING GURUHINI tuzib Mahalliy Rivojlanish Markazlari (MRM), Qishloq axborot-resurs markazlari faoliyati (o‘kuv yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan modullar, trening dasturlari, ustozlar malakasi  va boshqa ushbu qisqa muddatli kurslarni) samaradorligini aniqlash uchun monitoring o‘tkazish va uning yakunlarini  tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari, mahalla fuqarolari  uchun  prezentatsiya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

5. Ijtimoiy loyixa doirasida kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 2200 nafar bitiruvchilar elektron bazasini tuzish va ishga joylashgan yoki o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlaganlarni aniqlash.

 

Loyiha vazifalari:

1. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, mahalliy xokimiyat organlari  bilan hamkorlikda Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi  Mahalliy Rivojlanish Markazlari (MRM), Qishloq axborot-resurs  markazlarida (QARM)  jihozlangan o‘quv xonalarini tayyorlash;

2. Loyiha doirasida Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi  MRM va QARMda mehnat bozoridagi talabi yuqori bo‘lgan kasblarning   20ta yo‘nalishi bo‘yicha  qisqa muddatli (2 oylik) o‘quv kurslarini tashkil etish.

3. Har bir o‘quv kurslari uchun “Ustoz-shogird” yo‘nalishida ustozlarni   tanlab olish va tayyorlash.

4. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, viloyatlardagi  mavjud banklar, xokim yordamchilari va faol tadbirkor ayollar  bilan birgalikda  kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan MRM va QARM bitiruvchilariga sertifikat berish va ularga o‘z tadbirkorligini boshlab yangi ish joylarini tashkil qilishlari uchun imtiyozli kredit mablag‘lari, subsidiyalar va grantlar  olishda amaliy yordam berish.

5. Kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lgan va o‘z biznesini ochganlarni yagona elektron baza va davlat reyestriga kiritish.

5.Barcha kasbiy  yo‘nalishlar bo‘yicha modullar va dasturlarni tayyorlash

6.Ijtimoiy buyurtma doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatlarni ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarida keng targ‘ib kilish.

7.MRM va QARMlar samaradorligini monitoring qilish uchun tuzilgan JAMOATCHILIK MONITORING GURUHIning NIZOMINI ishlab chiqish va tasdiqlash.

8.Har bir xududda olib borilayotgan faoliyatni ijtimoiy tarmoqlarda va OAV keng targ‘ib etish.

 

 Erishilgan natijalar:

• Loyihada belgilangan maqsad va natijalarga erishish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar (harakatlar) rejasiga asosan hisobot davrida kasbiy qisqa muddatli kurslarda jami 2326  nafar tinglovchilar jalb qilindi, shu jumladan:

Andijon viloyatida - 480 nafar,

Buxoro viloyatida - 515 nafar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 550  nafar

Samarqand viloyati – 761 nafar (“SABR” RIIRM ulushi)

Sirdaryo viloyati – 20 nafar (“SABR” RIIRM ulushi)

• Tinglovchilarni  kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatish  bilan birga ularni kelgusida o‘z tadbirkorligini boshlashi uchun o‘zida bo‘lgan ishonchini oshirishiga qaratilgan biznes, tadbirkorlik asoslari, moliyaviy va hukukiy savodxonlik, soliqqa tortish, buxgalteriya asoslari bo‘yicha 35 soatlik treninglar  o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

• Qoraqalpog‘iston Respublikasida dizayner-konsultant tomonidan ta’lim olayotgan guruhlarda “Maxorat darslari”, kasbiy maxoratni oshirish bo‘yicha turli mavzularda, zamonaviy va Qoraqalpoq milliy bezak va dizayinlar uyg‘unligida xaridorgir (bozori chaqqon) maxsulotlarni yaratish, milliy iterer bezaklari bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

• Buxoro viloyati biznes-konsultant tomonidan 183 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini ochishda ruyxatdan o‘tish, tadbirkorlikning shaklini tanlash, xususiy yoki oilaviy korxonani yuritish bo‘yicha tavsiyalar, tadbirkorlik, o‘zini o‘zi band qilish bilan bog‘liq soliq to‘lovlari va imtiyozlari, o‘yida tadbirkorlik faoliyatini tashkillashtirish bilan bog‘liq (ayollar saloni, qandolatchilik), ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozorga chiqarish, kredit,  subsidiya olish masalalari hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, qo‘shimcha asbob - uskunalarni imtiyozli (subsidiya, kreditga) olish bo‘yicha  konsultatsiyalar berildi.

• Har bir viloyatda xududlardagi tumanlardagi davlat tashkilotlari vakillari, faol fuqarolar, tajribali xunarmandlar, NNT vakillari, mahalla aktivlari, tajribali tadbirkorlardan iborat  Faol Insonlar Klublari tashkillashtirildi. Klub a’zolari o‘z biznesini boshlagan MRM va QARMlar bitiruvchilariga doimiy yordam berish uchun maslaxatlar va mentoringni amalga oshirishdi. Mazkur Faol Insonlar Klubi xududlardagi kam ta’minlangan oilalar bandligini, turmush tarzi va ularni ijtimoiy  muammolarini yechishga yordam beruvchi, ijtimoiy loyihalarni yuqori  darajada amalga oshirishda NNTlar va Davlat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirishga yordam berdi.

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shaxrining “Ishga marxamat” Mono markazi xududida “Qoraqalpoq milliy qo‘l-hunar” Festivali o‘tkazildi. Festival loyiha doirasida tashkillashtirilib, unda 120 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi (mahalliy hunarmandlar, turli yo‘nalishdagi xalq amaliy san’ati ustalari, hunarmandchilik bo‘yicha tahsil olayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi MTSR tinglovchilari, shuningdek, rasmiylar va boshqa taklif etilgan mehmonlarning ishtirok etdi).

• Qoraqalpog‘iston Respublikasida Nukus shahar “Ak-Jagqs”, “Jolshilar” va “Naubaxar” maxallalar tashabbusiga ko‘ra qo‘shimcha mobil o‘quv kurslari tashkillashtirildi.

  • Xududlarda tashkil etilgan Faol insonlar klubi a’zolari tumanlardagi davlat tashkilotlari vakillari, mahalladagi faol fuqarolar, tajribali xunarmandlar, NNT vakillari, mahalla aktivlari, tajribali tadbirkorlardan iborat, ularning ko‘magida loyiha doirasida kasb hunar o‘rgangan kurs bitiruvchilariga o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘mak, yaratayotgan qo‘l maxsulotlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha maslaxatlar berildi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi mahallalarda (“Ak jagis”, “Jolshilar” va “Naubaxar” MFY) tikuvchilik, xunarmandchlik kurslariga ta’lab ko‘payganligi sababli, tajribali xunarmand ayollarning (mentor) beg‘araz yordami bilan qo‘shimcha mobil kurslar tashkillashtirildi.

Qisqa muddatli kurs bitiruvchilarning keyingi faoliyati haqida ma’lumotlar:

Jami bandligi ta’minlangan bitiruvchilar soni – 1087 nafar, shundan tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlar soni: - 869 nafar

Shulardan:

  • O‘zini o‘zi band qilganlar 560 нафар
  • YATT tashkillashtirganlar 11 нафар
  • Oilaviy tadbirkorlik 12 нафар
  • Uyida ish boshlaganlar (ruyxatdan o‘tmagan tadbirkorlar) 286 нафар
  • Turli korxonalarga ishga joylashganlar 218 нафар
  • Subsidiya olganlar, 108 нафар
  • shundan “SABR” RIIRM tomonidan ajratilgan grantlar soni (Samarqand viloyati) 3 нафар
  • Kredit olganlar 43 нафар

Loyiha davomida “SABR Mikromoliya tashkiloti” MCHJ daromad mablag‘lari hisobidan “SABR” RIIRMning Sirdaryo viloyati filialidagi Mahalliy rivojlanish markazida Guliston tuman “ Mevazor” va “Ishonch” MFYdagi xotin – qizlar  uchun 2ta yo‘nalish (qandolatchilik va tikuvchilik) bo‘yicha kurslarda – 20 nafar tinglovchilar o‘qitildi.