s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

Davlat Ijtimoiy buyurtma doirasida trenerlar uchun trening va maxorat darslari

Davlat Ijtimoiy buyurtma doirasida trenerlar uchun trening va maxorat darslari

2023-yil 10-12-may kunlari “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan «Xorazm viloyatining Bog’ot va Jizzax viloyatining Arnasoy tumanlarining uzoq qishloq hudularidagi xotin-qizlar va yoshlarni, shu jumladan nogironligi bo’lgan aholini kasbiy ko’nikmalarga o’qitish va ularni bandligini ta’minlash» ijtimoiy buyurtmasi doirasida trenerlar uchun trening (TOT) va kasbiy yoʻnalishlar boʻyicha mahorat darslari o‘tkazdi.

Trenerlar uchun va mahorat darslar ishtirokchilari: Mahalliy Rivojlanish Markazlari (MRM) koordinatorlari,  Mobil akseleratsion kurslari trener va ustozlari, Andijon viloyati MRM, Samarqand shahridagi “Ishga Marhamat” monomarkazi ustozlari. Jami 40 kishi ishtirok etdi.

3 kun davomida 9 ta kasbiy yo‘nalish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilib, ularda ustozlar, trenerlar o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyish etib tajriba almashdilar.

Ishtirokchilar hududlardagi hamkasblari bilan yo'nalishlar boyicha guruhlarda katta yoshdagilarni o'qitishda individual yondashuv, kasbiy ko'nikmalarni o'rgatish bo'yicha mashg'ulotlarni olib borishdagi uslublar, mashg'ulotlarni nazariy, interfaol usullardan foydalanish mahoratlarini namoyish etishdi. Shuningdek ishtirokchilar o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘qitish metodikalari, dars bosqichlari, amaliy mashg'ulotlarni taskil etish bo‘yicha masalalarini muhokama qilishdi.