s a b r
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]
  • Manzil
    O'zbekiston, Samarqand, Bahodirxon ko'chasi 2A uy
  • Ish vaqti
    9.00 dan 18.00 gacha [Shanba, Yak: Dam olish]

AQSh Elchisi janob Jonatan Xenikning tashrifi

AQSh Elchisi janob Jonatan Xenikning tashrifi

2023-yil 3-fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Elchisi janob Jonatan Xenik Samarqanddagi “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markaziga tashrif buyurib, markaz xodimlari va benefitsiarlari bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazdi. AQSh elchixonasining Kichik grantlar dasturi bir necha yildan buyon Nodavlat Notijorat Tashkilotlarini tadbirkor ayollar salohiyatini rivojlantirish, ayollar huquqlari va gender tengligini ta’minlash, butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham ayollarga teng imkoniyatlar taqdim etishga qaratilgan loyihalar bilan qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish har qanday davlatning iqtisodiy farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Tashrif davomida RIIRM “SABR” direktori – Mavlyudaxon Shirinova yig‘ilganlarni markaz va “Sabr MMT” faoliyati bilan tanishtirdi. Mahalliy Rivojlanish Markazlari (MRM) faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyati Urgut va Oqdaryo tumanlari hunarmand ayollarining xalq amaliy san’ati mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.