Loyiha maqsadi:
Olis qishloq mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, oiladagi zo’ravonlik darajasini kamaytirish.
Loyiha vazifalari:
- Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 4 ta va Urgut tumanidagi 4 ta mahallada ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni tikuvchilik, qandolatchilik, sartaroshlik va kompyuter sohasiga o’qitish;
- subsidiyalar va mikroqarzlar berish yo’li bilan ularning bandligiga ko’maklashish;
- oiladagi zo’ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida aholiga huquqshunos maslahatlarini taqdim etish.
Erishilgan natijalar:
2 ta tumanda 720 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga o’qitish rejalashtirilgan. Ammo amalda 761 kishi kasbiy kurslarni tamomlaganlik to’g’risidagi sertifikatlar bilan taqdirlandi. Ulardan 690 nafari ayollar, 71 nafari erkaklar, 36 nafari nogironligi bo’lgan shaxslardir. O’qitilganlarning umumiy sonidan 100 nafari ishga joylashdi, 255 nafari hozirda o’zlarining mikrobiznesini ochgan yoki o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan. 340 kishiga huquqshunos maslahati berildi. Biznesni boshlash, moliyaviy savodxonlik va biznesni yo’lga qo’yish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni oshirishga qaratlgan biznes-treninglarda 451 kishi ishtirok etdi.