Loyiha maqsadi:
Norasmiy ta’lim orqali ijtimoiy xizmatlarning eksperimental modelini ilgari surish va kambag’al qishloq oilalaridan bo’lgan ayollar va yoshlarni ishga joylashtirishga ko’maklashish. Davlat hokimiyati organlari bilan sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo’shni mamlakatlarning (masalan, Tojikistonning) katta yoshdagi aholi ta’limi masalalari bilan shug’ullanuvchi NNTlari, Tojikiston kattalarni o’qitish markazi (TKO’M) lari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Loyiha vazifalari:
1. Tojikiston Respublikasining katta yoshdagi aholi ta’limi bilan shug’ullanuvchi NNT va TKO’Mlari bilan amaliyot o’tash va tajriba almashish orqali IY NNT/Mahalliy rivojlanish markazlari norasmiy tarmog’i a’zolarining bilan hamkorlikning salohiyatini oshirish.
2. SABR dasturlarining maqsadli guruhga ta'sirini baholash maqsadida MRM (Mahalliy Rivojlanish Markazlari) va QARM (Qishloq Axborot-resurs Markazlari) faoliyati natijalari bo'yicha mini-tadqiqot o'tkazish.
3. Manfaatdor tomonlar - davlat organlari, biznes tuzilmalari va ommaviy axborot vositalari vakillari, ijtimoiy yo'naltirilgan hamkor tashkilotlar uchun MRM (Mahalliy Rivojlanish Markazlari) va QARM (Qishloq Axborot-resurs Markazlari) faoliyatiga bag'ishlangan davra suhbatini o'tkazish.
4. Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda «Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar» umumjahon modelini targ’ib qilish bo’yicha PR tadbirini o’tkazish.